Tonali: «JCH-2026 ga chiqa olmaganimizdan so‘ng bir necha kun uydan chiqmadim»
Angliyaning «Nyukasl» klubi va Italiya terma jamoasi xavbeki Sandro Tonali «skuadra adzurra»ning 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqa olmagani haqida fikr bildirdi. Italiya terma jamoasi ketma-ket uchinchi bor mundialni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
«Bu faoliyatimdagi eng yomon lahzalardan biri. Biz juda qattiq tushkunlikka tushdik, chunki Italiya ketma-ket uchinchi Jahon chempionatida ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Buni qabul qilish juda og‘ir edi. O‘yindan keyingi bir necha kun men uchun juda murakkab kechdi. Men uydan ko‘chaga chiqmadim», — deya yarim himoyachining so‘zlarini Sky Sport nashri keltirmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/