Xoland «Manchester Siti»dagi majburiy vazifani eslatib o‘tdi

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland jamoa oldidagi vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi. Yakshanba kuni «shaharliklar» o‘z maydonida «Arsenal»ga qarshi bahs olib boradi — ushbu uchrashuv Premyer-liga chempionlik poygasi taqdirini hal qilishi mumkin.

«Manchester Siti»da sovrinlar yutish shart. Bir necha hafta oldin Liga Kubogi finalida g‘alaba qozondik — bu yoqimli tuyg‘u. Biroq bu biz uchun standart bo‘lishi kerak. Har birimiz ko‘prog‘ini xohlashimiz va har mavsumda sovrinlar yutishimiz lozim — bizning klubda bu majburiydir», — deya ingliz OAVlari Xolandning so‘zlarini keltiradi.

Xosep Gvardiola va Mikel Arteta jamoalari o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan 20:30 da boshlanadi. Ayni damda «kanonirlar» 70 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, biroq «Siti»da (64 ochko) zaxirada bitta o‘yin mavjud.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter