Kimmix yarim final haqida: «Evropaning eng yaxshi ikki jamoasi jangi»

«Bavariya» yarim himoyachisi Yozua Kimmix Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi «PSJ»ga qarshi bahs oldidan o‘z kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.

«Evropaning eng yaxshi ikki jamoasi yuzma-yuz keladi. So‘nggi yillarda biz «PSJ»ga qarshi ko‘plab ajoyib o‘yinlar o‘tkazganmiz. Ushbu uchrashuvlarni intiqlik bilan kutyapman», – dedi Kimmix DAZN nashriga bergan intervyusida.

Birinchi to‘qnashuv Parijda bo‘lib o‘tadi – u 28 aprelga belgilangan. Javob o‘yini esa 6 may kuni Myunxenda o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, finalning ikkinchi yo‘llanmasi uchun «Arsenal» va «Atletiko» jamoalari o‘zaro kurash olib boradilar.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter