«PSJ» APL yarim himoyachisi uchun «MYU» bilan raqobatlashishi mumkin
Fransiyaning «PSJ» va Angliyaning «Manchester Yunayted» klublari «Nyukasl»ning 19 yoshli yarim himoyachisi Lyuis Mayliga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, har ikki grand klub futbolchini 2023 yildan beri kuzatib kelishmoqda. O‘z navbatida, «qarg‘alar» Maylini o‘zlarining uzoq muddatli rejalarining muhim qismi deb hisoblashadi va uni qo‘yib yuborish niyatida emaslar.
Joriy mavsumda «Nyukasl» yarim himoyachisi barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, yosh iqtidor egasining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi. Biroq «Nyukasl» uni bundan ancha yuqori narxga baholashi shubhasiz.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/