«Liverpul» Robertsonning o‘rniga kimni ko‘zlayotgani ma’lum bo‘ldi
«Liverpul» klubi mavsum yakunida jamoani tark etadigan Endryu Robertsonga o‘rinbosar sifatida Germaniya terma jamoasi va «RB Leypsig» himoyachisi David Raum nomzodini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Mersisaydliklar «buqalar» a’zosini nafaqat Robertsonning o‘rniga, balki Milosh Kerkez bilan raqobatlasha oladigan futbolchi sifatida ham ko‘rishmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, Raum transferi uchun «Liverpul» bilan «Manchester Yunayted» ham kurash olib borishi mumkin. «RB Leypsig» esa 27 yoshli himoyachini o‘z safida saqlab qolishga harakat qilmoqda.
Joriy mavsumda Raum barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/