«Siti» «Palmeyras» iqtidori uchun muzokaralarni boshlab yubordi
«Manchester Siti» «Palmeyras»ning 16 yoshli vingeri Eduardu Konseysauni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
ESPN Brazil nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz klubi raqobatchilarini ortda qoldirishga va braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha imkon qadar tezroq kelishuvga erishishga umid qilmoqda. Transfer summasi taxminan 40 million yevroni tashkil etishi mumkin.
Qayd etish joizki, Konseysau hali «Palmeyras»ning asosiy jamoasi safida birorta ham rasmiy uchrashuv o‘tkazishga ulgurmagan.
2025 yilda «shaharliklar» «Palmeyras»dan himoyachi Vitor Reysni 37 million yevro evaziga sotib olishgan edi. Hozirda ushbu futbolchi ijara asosida «Jirona» sharafini himoya qilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
