Kerrik «Lids»dan uchralgan mag‘lubiyat sabablarini aytdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik APL 32-turi doirasida «Lids»dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan (1:2) keyingi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz o‘yinni yomon boshladik. Leni Yoroning boshi orqa qismiga tirsak bilan zarba berilganidan so‘ng gol o‘tkazib yubordik. Hakamlar bu golni bekor qilishmadi va bu muhim epizodga aylandi. Lekin bu vaziyatni hech kim qayta ko‘rib chiqmadi, shunday emasmi?

Bizga o‘yin maromi yetishmadi. Vaziyatlar bo‘ldi, lekin bo‘limning katta qismida o‘yindan uzilib qoldik. Nazarimda, yigitlar jangovar ruhiyatni saqlab qolishdi va ikkinchi bo‘limda, hatto Lisandroning hayratlanarli chetlatilishidan keyin ham oxirigacha kurashishdi», — deya Kerrikning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.

«Manchester Yunayted» 55 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinda qoldi. «Lids» esa 36 ochko bilan 15-pog‘onani egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter