Slot «PSJ»ning golli seriyasi haqidagi savolga hazil bilan javob berdi
«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan javob uchrashuvi oldidan «PSJ»ning sermahsulligi haqida gapirib o‘tdi.
— «PSJ» o‘tkazilgan 45 ta o‘yinning faqat to‘rttasida gol ura olmagan xolos…
— Nima uchun mening kechamga putur yetkazmoqchisan? Biz bularning barchasini bilamiz. Keyingi bosqichga chiqish uchun favqulodda o‘yin ko‘rsatishimiz kerak va amaldagi chempionlarga qarshi bahsda bu kutilgan holat. Shunga qaramay, biz ijobiy kayfiyatda bo‘lishimiz, o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratishimiz, tajovuzkorlik ko‘rsatishimiz va birinchi golni urishimiz kerak — buni yaxshi anglab turibmiz, — deya Slotning so‘zlaridan iqtibos keltiradi L’Équipe nashri.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi chorak finalining ilk bahsida parijliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozonishgan. Javob o‘yini bugun, 14 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/