Shlotterbek «Borussiya» muxlislarining hushtaklari ostida qoldi
Dortmundning «Borussiya» klubi muxlislari Bundesliganing 29-turi doirasida «Bayer»ga qarshi kechgan bahsda (0:1) jamoa markaziy himoyachisi Niko Shlotterbekga nisbatan hushtaklar bilan norozilik bildirishdi. Bu haqda Buli News nashri xabar bermoqda.
Taxminlarga ko‘ra, muxlislarning bunday munosabati futbolchi yaqinda imzolagan yangi shartnomadagi tovon puli haqidagi xabarlar bilan bog‘liq. Avvalroq tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Shlotterbekning shartnomasidagi tovon pulini faqatgina Myunxenning «Bavariya» va Madridning «Real» klublari to‘lashi mumkinligi haqida band mavjud.
Qayd etish joizki, «Bayer»dan qabul qilingan ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng, «Borussiya»ning chempionlik uchun imkoniyatlari sezilarli darajada pasayib ketdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/