Erling Xoland bo‘sh vaqtida Minecraft o‘ynashini tan oldi

«Manchester Siti»ning norvegiyalik yulduzi Erling Xoland maydondan tashqarida qanday hordiq chiqarishi haqida so‘zlab berdi. Ma’lum bo‘lishicha, dunyoning eng qimmatbaho hujumchilaridan biri o‘z sevgilisi bilan mashhur Minecraft o‘yinini o‘ynashni xush ko‘rar ekan.

«Biz qiz o‘rtog‘im bilan Minecraft o‘ynaymiz. O‘tiramiz, o‘ynaymiz, uylar quramiz va shunga o‘xshash ishlar bilan shug‘ullanamiz», — deya Xolandning so‘zlarini NRK nashri keltirmoqda.

Joriy mavsum Xoland klub miqyosida 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol urishga ulgurdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter