Norvegiya terma jamoasi bosh murabbiyi: «Agar JCH bugun boshlanganida, Xaykin emas, Nyuland o‘ynardi»
Norvegiya terma jamoasi ustozi Stole Solbakken «Budyo-Glimt» posboni Nikita Xaykinning imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 aprel kuni Xaykin Norvegiya fuqaroligini olgani va JCH-2026 ga borish imkoniyatiga ega ekanligi ma’lum bo‘lgan edi.
— Xaykinning darvozabonlik mahoratini qanday baholaysiz?
— U «Budyo-Glimt»da yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Ammo keling, bunday deyman: agar Jahon chempionatining ilk o‘yini bugun bo‘lganida, darvozada Eryan Nyuland turgan bo‘lardi.
— Nyuland asosiy darvozabon ekanligiga ishonchingiz komilmi?
— Ha, — deya Solbakkenning so‘zlarini «TV2» portali keltirmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/