«RB Leypsig» yulduzi uchun APL grandlari kurashmoqda

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, «Liverpul» va «Chelsi» klublari «RB Leypsig» hujumchisi Yan Diomande transferi uchun 52 million funt sterling sarflashga tayyor.

Bu borada «Liverpul» Diomande uchun kurashda asosiy favorit hisoblanishi mumkin. Bunga sabab — hujumchi avvalroq Mersisayd jamoasiga bo‘lgan xayrixohligini ochiq aytgan. Bundan tashqari, klub futbolchini asosiy tarkibda bevosita Muhammad Salohning o‘rnini bosuvchi nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Bundan avvalroq futbolchiga «Pari Sen-Jermen» ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi. O‘z navbatida, «RB Leypsig» Diomandeni jamoada kamida yana bir mavsum olib qolmoqchi va u bilan shartnomani uzaytirish niyatida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter