Slot «Liverpul» hujumchisi uchun fitnes-reja tuzib berdi

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Federiko Kyeza uchun fitnes-reja tuzdi.

Italiyalik futbolchi bayram kunlari individual dastur bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazadi, deya xabar bermoqda The Athletic. 28 yoshli futbolchi jismoniy tayyorgarlik ustida ishlashi kerak, deb hisoblayotgan «qizillar» bosh murabbiyi shunday ko‘rsatma berdi. Vinger Rojdestvoda klubning mashg‘ulot bazasida mustaqil ravishda shug‘ullanadi.

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasi 18-turida «Liverpul» 27 dekabr, shanba kuni o‘z maydonida «Vulverxempton»ni qabul qiladi.

Federiko Keza joriy mavsumda barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter