Kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan sportchiga jiddiy jazo qo‘llanildi
Xitoylik tennischi Pan Jenlun kelishilgan o‘yinlarni tashkil etgani uchun 12 yilga diskvalifikasiya qilindi va 110 ming dollar jarimaga tortildi.
25 yoshli sportchi o‘zi ishtirokida beshta kelishilgan o‘yin uyushtirganini, shuningdek, boshqa tennischilarni pora berish orqali sotib olishga 17 marta urinish qilganini tan oldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/