IFFHS: Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi aniqlandi

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) 2025 yil yakunlarini sarhisob qilmoqda. 20 yoshgacha bo‘lgan yosh toifasidagi eng yaxshi yosh futbolchilar reytingi e’lon qilindi.

Reytingning eng yuqori pog‘onasidan 233 ball to‘plagan «Barselona» vakili Lamin Yamal joy oldi. Ikkinchi o‘rinni «PSJ» vakili Dezire Due (90 ochko) egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni «Chelsi» vakili Estevao (50 ochko) yakunlab bergan.

Undan ham past o‘rinlarni Arda Gyuler (30 ball), Pau Kubarsi (19 ball), Kenan Yildiz (10 ball), Uorren Zair-Emeri (7 ball) va Franko Mastantuono (5 ball) egallab turibdi.

Aytish joizki, Lamin Yamal o‘tgan 2024 yilda ham ushbu reytingda birinchi o‘rinni egallagan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter