Miyatovich Alonsoning «Real»dagi kelajagi haqida gapirdi

Madridning «Real» klubi sobiq forvardi Predrag Miyatovich Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 6-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga mag‘lubiyatdan so‘ng «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Xabi Alonsoning kelajagi haqida gapirdi.

«Alonso uzoq yillarga mo‘ljallangan loyiha yaratadi. Unga vaqt berish kerak. Futbol tobora rivojlanib bormoqda, ketma-ket ko‘plab g‘alabalarga erishish qiyinlashmoqda. Uzoq muddatli loyiha uchun sabr-toqat kerak», – deya Predragning so‘zlarini keltiradi Cadena Ser.

44 yoshli ispaniyalik mutaxassis o‘tgan yozda «Real»ni qabul qilib olgan edi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2028 yil iyun oyi oxirida tugaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter