FIA Bosh Assambleyasi doirasidagi tadbirlarga rasman start berildi

“O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyida FIA Bosh Assambleya haftaligining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. FIA Prezidenti Muhammad Ben Sulayem, Sport vazirligi va MOQ rahbariyati, shuningdek, xalqaro tashkilot tarkibiga kiruvchi barcha yo‘nalishlarning mutasaddilari ishtirok etishdi.

Tadbirda mamlakatimiz nomidan so‘z olgan Sport vaziri Adham Ikramov barcha mehmonlarni qutlab, yurtimizda sport sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida to‘xtaldi.

Shuningdek, janob Ben Sulayem Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor o‘tkazilayotgan avtosport olamidagi mazkur tadbirning ahamiyati haqida gapirdi va yil davomida turli yo‘nalishlarda faollik ko‘rsatgan jamoalar hamda tashkilotlarni taqdirladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter