Flik: «Jiddiy raqibga qarshi o‘yin kutib turibdi»

«Barselona» ustozi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasi doirasidagi «Ayntraxt»ga qarshi uy uchrashuvi oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Nemis mutaxassisi jamoa o‘yini haqida fikr yuritdi.

«Ko‘p narsani oshkor qilmoqchi emasman, chunki ertaga bizni jiddiy raqibga qarshi o‘yin kutib turibdi. To‘pni yo‘qotganda, pressing qilishimiz kerak. Biz o‘zimizni himoya qilishimiz, ko‘proq yugurishimiz kerak. To‘pni ko‘proq nazorat qilish uchun maydonda to‘g‘ri joylashish muhim. Biz yagona ixcham mexanizmmiz. Futbolchilar bir-biri bilan yaxshi bog‘langan bo‘lsa, to‘p yo‘qotilganda ham vaziyat yaratish mumkin,» – dedi Flik matbuot anjumanida.

«Barselona» va «Ayntraxt» Chempionlar Ligasi o‘yinini 9 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter