Slot: «Salohning gaplari bilan mening obro‘yimga putr yetgani yo‘q»

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot jamoa hujumchisi Muhammad Salohning klubdagi vaziyat haqidagi so‘zlari uning obro‘siga putur yetkazdi, deb hisoblamaydi.

Eslatib o‘tamiz, Saloh Slot murabbiylar shtabini tanqid qilgan edi. Hujumchi ketma-ket uchta o‘yinni zaxirada boshladi va faqat bittasida zaxiradan maydonga tushdi.

Natijada misrlik futbolchi Afrika Millatlar Kubogidan keyin klubni tark etish bilan tahdid qildi, Slot esa uni Milanning «Inter» klubiga qarshi Chempionlar Ligasi o‘yini qaydnomasiga kiritmadi.

«Men Salohning so‘zlari bilan obro‘yimga putur yetdi, deb hisoblamayman. Gap menda emas, jamoa va klubga qiyinroq bo‘lganida. Bu har kuni astoydil ishlaydigan xodimlarga, ayniqsa, natijalarga qanday ta’sir qilishini ko‘rish og‘ir,» – deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Fabrisio Romano.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter