Flik «Barselona»da Ernesto Valverde davrida o‘rnatilgan rekordni takrorlashga yaqin turibdi
«Barselona» La Liga 15-turida safarda «Betis»ni mag‘lub etdi – 5:3. Bu «ko‘k-anorranglilar»ning Ispaniya chempionatida ketma-ket o‘ttiz oltinchi o‘yinida gol urishi edi.
Oxirgi marta bu ish 2024 yilning 15 dekabrida «Leganes»ga qarshi o‘yinda amalga oshmagan va kataloniyaliklar sensasion tarzda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. O‘shandan beri ular har bir o‘yinda kamida bittadan gol urishmoqda.
Ular 2018 yil fevralidan 2019 yil fevraligacha o‘rnatilgan klub rekordini takrorlash uchun atigi bir o‘yin qoldi. O‘shanda, Ernesto Valverde davrida jamoa ketma-ket o‘ttiz yettita o‘yinda gol urgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/