Emiliano Martinesga o‘rinbosar topildi

«Aston Villa» kelasi yozda katta ehtimol bilan argentinalik yulduz darvozaboni Emiliano Martines bilan xayrlashadi.

Birmingemliklar Martines o‘rniga hozirda «Borussiya» Myonxengladbax safida harakat qilayotgan Moris Nikolasni olib kelmoqchi.

28 yoshli nemis hozirda Transfermarkt tomonidan 5 million yevroga baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Nikolas joriy mavsumda 15 ta o‘yinda 24 ta gol o‘tkazib yubordi va 5 bor darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter