Globe Soccer Awards-2025. Yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga yakuniy da’vogarlar e’lon qilindi

2025 yil oxirida Globe Soccer Awards taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Eng yaxshi o‘yinchi sovrini uchun da’vogarlarning yakuniy ro‘yxati ma’lum bo‘ldi.

Nufuzli individual sovrin uchun quyidagi futbolchilar kurash olib boradi: Usmon Dembele, Dezire Due, Erling Xoland, Ashraf Hakimiy, Vinisius, Xvicha Kvarasxeliya, Robert Levandovski, Kilian Mbappe, Nunu Mendesh, Koul Palmer, Pedri, Rafinya, Muhammad Saloh, Vitinya, Lamin Yamal.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Madridning «Real» klubi safida to‘p tepayotgan braziliyalik hujumchi Vinisius Junior ushbu sovrin sohibi bo‘lgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter