Xoland 28 oyda ilk bor APL safar o‘yinida ofsaydda qolib ketdi
«Fulxem» Erling Xolandni to‘xtata olmadi, ammo uni ofsaydda qolib ketishga majbur qildi, bu juda kamdan-kam hollarda sodir bo‘ladi.
Norvegiyalik futbolchi uchrashuvning 17-daqiqasida «Manchester Siti»ni hisobda oldinga olib chiqdi – bu uning Premyer-liga doirasidagi yuzinchi goli bo‘ldi. Birinchi bo‘lim oxirida forvard o‘yindan tashqari holatga tushib qoldi – bu e’tiborga molik hodisa emasdek ko‘rinadi, biroq Squawka xabariga ko‘ra, gol muallifi uchun bu 2023 yil avgustidan beri Angliya chempionatining safar o‘yinidagi birinchi ofsayd bo‘ldi.
Erling Xoland APLning joriy mavsumida 15 ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda, ammo u mavsumda birinchi marta ofsaydda qolib ketdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
