Xoland: «Men yaxshi gol uraman, lekin bundan ham yaxshiroq bo‘lishi mumkin»

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland «Fulxem»ga (5:4) qarshi o‘yindagi o‘yinidan ko‘ngli to‘lmaganini tan oldi.

«Men gol urishni yomon uddalay olmayapman, ammo bugun xet-trik qayd etishim kerak edi. Men bir nechta imkoniyatlarni qo‘ldan boy berdim, shuning uchun mashq qilishim kerak», – deya Xolandning so‘zlarini keltiradi City Xtra.

25 yoshli futbolchining hisobida APL 2025/26da 15 ta gol bor, u to‘purarlar poygasida ishonchli yetakchilik qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter