«Real» TV hakamlarni tanqid qildi
Madridning «Real» klubi televideniyesi Ispaniya La Ligasining 14-turidan o‘rin olgan «Jirona»ga (1:1) qarshi o‘yindan keyin bosh hakam De Burgos Bengoecheaning ishini tanqid qildi.
«De Burgos «Jirona» bilan o‘yinda qo‘pol va asossiz xatolarga yo‘l qo‘ydi. U jamoaga eng ko‘p zarar yetkazgan odam. La Liga korrupsiyalashgan. De Burgos – «Real»ga qarshi o‘yinlarda eng ko‘p ishlagan hakamlardan biri. Muammo shundaki, VAR hakamni chaqirmayapti. «Rayo Valyekano» bilan ham, «Jirona» bilan ham shunday bo‘ldi. O‘tgan yili ham «Real» «Barselona»ni 6 ochkoga ortda qoldirgandi. «Espanyol» voqeasi, «Osasuna» voqeasi… va bu yil ham shunday bo‘ldi. «Real» qanday o‘ynashidan qat’i nazar, haqiqat shundaki, hakamlar klubni oyog‘idan chaladi, qaror qabul qilishi kerak bo‘lganlar esa harakatsiz qoladi, ularning rahbariyati esa buni oqlaydi», – deyiladi «Real» telekanalida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
