«Real» futbolchilari Rodrigo bilan bog‘liq vaziyatda penalti bor-yo‘qligiga javob berishdi

Madridning «Real» klubi futbolchilari «Jirona»ga qarshi o‘yinda Rodrigoga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik epizodida belgilanmagan penalti bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. «Qaymoqranglilar»ning yagona goli 67-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan penaltidan kiritildi. Mehmonlar ikkinchi 11 metrlik zarbaga umid qilishgandi, biroq hakam yana bir bor nuqtaga ishora qilishga jur’at eta olmadi.

Uchrashuv yakunlangach, jurnalistlar futbolchilardan o‘sha vaziyatda penalti belgilash kerakmidi, deb so‘rashdi.

«Albatta,» – deya javob berdi Rodrigoning o‘zi. Darvozabon Tibo Kurtua ham shunday javob qaytardi. Xuddi shunday fikrni yarim himoyachi Jud Bellingem ham bildirmoqda: «Bu aniq penalti, bunga shubha yo‘q.»

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter