Iste’dodli vinger «Barselona»ni tark etishi mumkin
18 yoshli vinger Sheyn Klyuyvert «Barselona»ni tark etishi mumkin. Futbolchining mehnat shartnomasi yozda yakunlanadi.
Insayder Fabrisio Romanoning yozishicha, tomonlar yangi kelishuvni muhokama qilmoqda. Ammo futbolchining kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Sheyn Klyuyvert «Barselona» yoshlar jamoasi safida sakkizta o‘yin o‘tkazgan. Ularda futbolchi bitta gol urdi. Shuningdek, gollandiyalik futbolchi «Barselona B»da o‘ynaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
