«Bavariya» yosh yulduzi: «Messi – men uchun namuna»
Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Lennart Karl uni «Inter Mayami»ning argentinalik yulduz hujumchisi Lionel Messi bilan taqqoslaganiga munosabat bildirdi.
«Messi eng cho‘qqida, men esa hali uzoq yo‘lni bosib o‘tishim kerak. Messi – men uchun namuna. Men hozircha o‘zimni Messi bilan taqqoslay olmayman, bu umuman boshqa narsa,» – deya Karl so‘zlarini keltiradi Bild.
17 yoshli futbolchi shu ruhda o‘ynashda davom etsa, Messi darajasiga chiqa olishini qo‘shimcha qilgan.
Joriy mavsumda Karl 15 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol va ikkita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Transfermarkt nemisni 20 mln yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
