Pogba maydonga qaytganidan keyin intervyu berdi
«Monako» yarim himoyachisi Pol Pogba so‘nggi ikki yildan ko‘proq vaqt ichida ilk bor o‘yinda maydonga tushdi.
32 yoshli futbolchi 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi, o‘shanda monegasklar «Renn»ga 0:4 hisobida yutqazayotgandi. Qolgan vaqtda mehmonlar oradagi farqni bittaga qisqartirishdi.
«Men uchun futbol tugamadi. Ishladim, qaytishini ikki yildan ortiq kutdim, qiynaldim. Shunday paytlar bo‘ladiki, shayton seni o‘ldirmoqchi bo‘ladi, lekin Xudo bor. Men har doim o‘zimga va o‘z fazilatlarimga ishonganman. Hech qanday aybim yo‘qligini bilaman. Umidim so‘nmagan edi,» – deya fransuzning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/