«Atletiko» «Chelsi» qiziqayotgan futbolchi uchun 100 million yevro so‘raydi

Londonning «Chelsi» klubi Madridning «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Pablo Barriosga qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi allaqachon 22 yoshli futbolchi borasida rasmiy so‘rov yuborgan. Bu futbolchi ispan jamoasining asosiy futbolchisi hisoblanadi va «Chelsi» uni yaqinlashib kelayotgan transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda. Bu haqda Fichajes nashriga tayanib, Caught Offside xabar berdi.

Pablo Barrios joriy mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi. Manbaga ko‘ra, «Atletiko» markaziy yarim himoyachisi uchun 100 mln yevro narx belgilashi mumkin.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Barriosning bozor narxi 55 mln yevroni tashkil qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter