Mane – Ronaldu haqida: «Hech qachon unga o‘xshashini ko‘rmaganman»
«An-Nasr» hujumchisi Sadio Mane jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida qanday fikrda ekanini aytdi.
Senegallik va portugaliyalik futbolchi 2023 yilning yozidan beri Saudiya Arabistoni klubida birga to‘p tepmoqda.
«Ronaldu – butun dunyodagi har bir futbolchi uchun namuna. Men unga o‘xshagan futbolchini hech qachon ko‘rmaganman, bunga shubha yo‘q,» – dedi «Liverpul»ning 33 yoshli sobiq forvardi Rio Ferdinandga bergan intervyusida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
