«Liverpul»ning asosiy futbolchisi jarohatdan qaytmoqda
«Liverpul» posboni Alisson Beker maydonga qaytishga hozirlik ko‘rmoqda. Braziliyalik sentyabr oyi oxiridan beri maydonga tushmayapti – o‘shanda u Chempionlar ligasi doirasida Turkiyaning «Galatasaroy» klubiga qarshi o‘yinda jarohat olgandi.
Jurnalist Lyuis Stilning ma’lum qilishicha, 33 yoshli darvozabon jarohatini davolatgan va Premyer-liganing navbatdagi turida «Nottingem Forest»ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin. Uchrashuv shanba kuni «Enfild»da bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Alisson Beker joriy mavsum Arne Slot jamoasining to‘qqizta o‘yinida maydonga tushib, jami 12ta gol o‘tkazib yubordi va ikki bor darvozani daxlsiz saqlab qoldi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/