«Real»ning Ispaniya terma jamoasida jarohat olgan himoyachisi haqida ma’lumot berildi
Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Din Xyoysen bugun Ispaniya qarorgohini jarohat sabab tark etgani xabar berilgan edi.
Jurnalist Arancha Rodriges xabariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchida jarohat yo‘q. U shunchaki charchoq his qilmoqda.
Xyoysen 23 noyabrga belgilangan «Elche» – «Real» o‘yinida ishtirok etadi.
U joriy mavsumda jami 18 ta o‘yinda 1 ta golli uzatma berdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
