«Arsenal» Timberning egizagini jamoaga olib kelmoqchi
Londonning «Arsenal» klubi «Feyenoord»ning 24 yoshli yarim himoyachisi Kvinten Timberni o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamoqda. Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi ingliz klubi uchun potensial transfer maqsadiga aylanishi mumkin. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Joriy mavsum yakunlangach, Kvinten Timber erkin agent maqomini olishi mumkin, chunki uning Rotterdam klubi bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirida yakunlanadi.
Manbaga ko‘ra, London klubida xavbekni taklif qilish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. E’tiborli jihatlardan biri shundaki, «kanonirlar» safida allaqachon Kvintenning egizak akasi Yurrien Timber to‘p tepmoqda.
Joriy mavsumda futbolchi «Feyenoord» safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali mutaxassislari Niderlandiya terma jamoasi futbolchisining bozor narxini 30 mln yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/