«Real» hujumchisi Madridning boshqa bir klubiga o‘tishi mumkin

«Real» markaziy hujumchisi Gonsalo Garsiya o‘yin amaliyoti kamligi sabab qishda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Marca xabariga ko‘ra, Madridning boshqa bir jamoasi «Xetafe» 21 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni o‘ylamoqda. Tomonlar ijara shartnomasi bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkin.

Avvalroq, Gonsalo Garsiya uchun «Aston Villa» 20 million yevro to‘lashga tayyorligi aytilgan edi.

Futbolchi joriy mavsumda jami 9 ta o‘yinda 108 daqiqa harakat qildi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter