Konate muzokaralar davom etayotganini tasdiqladi
«Liverpul» himoyachisi Ibraima Konate klub bilan shartnomani uzaytirishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Konatening ta’kidlashicha, u so‘nggi paytlarda ko‘plab noto‘g‘ri xabarlarni, jumladan, klub unga yangi taklif bilan chiqqani haqidagi xabarlarni ko‘rgan.
Fransuzning so‘zlariga ko‘ra, bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Uning aniqlik kiritishicha, uning vakillari «Liverpul» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
«So‘nggi paytlarda matbuotda ko‘plab ma’lumotlarni ko‘rdim, masalan, «Liverpul» menga yangi taklif bilan chiqqani haqida… Bu qayerdan paydo bo‘lganini bilmayman. Agentlarim anchadan buyon «Liverpul» bilan muzokaralar olib bormoqda», – deya Konatening so‘zlarini keltiradi Foot Mercato.
Uning amaldagi kelishuvi yozda o‘z nihoyasiga yetadi, OAVda esa futbolchiga bir necha xorij grandlari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/