Falastinni qo‘llab-quvvatlagan Anvar Bundesliga klubidan kompensasiya oladi. U buni sud orqali yutib oldi
2023 yilda Falastinni qo‘llab-quvvatlagan posti uchun Germaniyaning «Mayns» klubidan ketgan Anvar el-G‘ozi sobiq jamoasi ustidan sudda g‘alaba qozondi. Endi «Mayns» unga 2023/2024 yilgi mavsum uchun to‘lanmagan maoshining barchasini to‘laydi, bu esa taxminan bir yarim million yevro degani.
«Daryodan okeangacha, Falastin ozod bo‘ladi,» – deb yozgandi futbolchi 2023 yil oktyabrida.
Anvar bu mablag‘ning bir qismini Falastinga yordam uchun yuborishini e’lon qildi – taxminan yarim million yevro.
«Umid qilamanki, «Mayns» rahbariyati o‘zlari yaratgan vaziyatga rozi bo‘ladi, shu jumladan, bu pullar bolalarning omon qolishiga yordam beradi,» – deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqda.
Hozirda El-G‘ozi Uelsda «Kardiff Siti» sharafini himoya qilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
