«Arsenal» va «Chelsi» «Milan» yulduzi uchun kurash olib boradi
«Milan» vingeri Rafael Leau faoliyatini Tumanli Albionda davom ettirishi mumkin. Portugaliyalikning xizmatiga bir vaqtning o‘zida APLning ikki top-klubi qiziqish bildirmoqda.
Caught Offside nashrining ta’kidlashicha, Leauga «Arsenal» va «Chelsi» da’vogarlik qilmoqda. «Kanonirlar» portugaliyalik uchun 75 mln funt berishga tayyor. «Aristokratlar» hozircha qish uchun o‘z taklifini shakllantirmagan, ammo o‘tgan yozda ular Leau uchun 100 mln funt taklif qilgandi.
Qayd etilishicha, Rafaelning o‘zi ham APLga o‘tish variantiga ijobiy qaramoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
