«Manchester Siti» yulduzi: «Hammasi o‘zimizga bog‘liq»
«Manchester Siti» sharafini himoya qilayotgan hujumkor yarim himoyachi Jeremi Doku jamoasining joriy mavsumdagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi.
«Biz ko‘p ishlaymiz va yaxshiroq bo‘lishni xohlaymiz. «Arsenal» va boshqa raqiblarni kuzatmayapmiz. Bilamizki, hammasi o‘zimizga bog‘liq. Agar «Manchester Siti» eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatadigan bo‘lsa, bizga qarshilik ko‘rsatish qiyin bo‘ladi,» – deya belgiyalik vingerning so‘zlarini keltiradi «shaharliklar» matbuot xizmati.
Angliya chempionatining so‘nggi tur o‘yinida Xosep Gvardiola shogirdlari «Liverpul»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Jamoa 22 ochko bilan APL jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/