«Real»ning sobiq futbolchisi: «Anchelotti kabi inson biz bilan ajoyib munosabatda bo‘lardi»
Joriy yozda «Real Madrid»dan Italiya klubiga kelib qo‘shilgan «Komo» markaziy himoyachisi Xakobo Ramon «Los-Blankos»ning sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelottidan olgan qo‘llab-quvvatlashi haqida gapirdi.
«U hatto matbuot anjumanlarida meni himoya qildi. Buning uchun men undan nihoyatda minnatdorman. Karlo ochiqko‘ngil, do‘stona, biz bilan hazillashardi… Ajablanarlisi shundaki, u kabi odam bizga shunday munosabatda bo‘lgan», – dedi Ramon AS bilan suhbatda.
Ramon «Real Madrid»da 2013 yildan buyon o‘ynamoqda. U klubning yoshlar jamoalarida, shuningdek, «Los Blankos»ning ikkinchi jamoasida o‘ynagan. 2025 yilda markaziy himoyachi «Real Madrid» asosiy jamoasida debyut qildi.
Eslatib o‘tamiz, Karlo Anchelotti ayni damda Braziliya terma jamoasini boshqarmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
