Qariya Levandovski «Selta»ga qarshi o‘yin birinchi bo‘limida dubl qayd etdi (VIDEO)

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski La Liganing 12-turida «Selta»ga qarshi o‘yinda (3:2, tanaffus) ikkita gol urdi – penalti va Markus Reshfordning uzatmasidan keyin.

37 yoshli futbolchi kataloniyaliklar safida mavsumdagi 12 o‘yinda 6 ta golga mualliflik qilgan. Barcha gollar Ispaniya chempionatida – 9 o‘yinda kiritilgan.

Levandovski to‘purarlar poygasining uchinchi qatorini «Levante» futbolchisi Karl Etta-Eyong va «Malyorka» futbolchisi Vedat Muriki bilan bo‘lishib turibdi. Ulardan yuqorida «Atletiko»dan Xulian Alvares (7) va «Real»dan Kilian Mbappe (13) bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter