Spalletti A Seriyada 1000 ochko to‘plagan beshinchi murabbiy bo‘ldi
«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriyada 1000 ochko to‘pladi.
Shanba kuni «byankonerilar» o‘z maydonida «Torino»ni yenga olmadi (0:0). Turin derbisida qo‘lga kiritilgan ochko Spalletti uchun Italiya chempionatidagi murabbiylik faoliyatidagi minginchi ochko bo‘ldi, deb yozadi Opta. «Keksa sinyora»ning hozirgi murabbiyi Jovanni Trapattoni, Nereo Rokko, Nils Lidxolm va Massimiliano Allegridan keyin bu ko‘rsatkichga erishgan beshinchi murabbiy.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/