Ansu Fatiga hatto penalti ham yordam bermayapti (video)

«Monako» hujumchisi Ansu Fati golsiz seriyani to‘xtatish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. «Barselona»dan ijaraga olingan ispaniyalik futbolchi yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Liga 1 doirasidagi «Lans»ga qarshi o‘yinning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi va 93-daqiqada penaltidan foydalana olmadi. Biroq, o‘sha paytga kelib, monegasklar 1:4 hisobida mag‘lub bo‘layotgandi.

Fati ketma-ket oltinchi o‘yinida gol ura olmadi. Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli futbolchi mavsum startida beshta o‘yinda oltita gol urib, Fransiya chempionati to‘purarlar poygasida asosiy tarkib futbolchisi bo‘lmagan holda peshqadamga aylanib ulgurgan edi.

«Monako» 12 turdan keyin 20 ochko bilan turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter