Gvardiola: «Meni Angliyada ishlay olmasligimni aytishgan»
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Liverpul»ga qarshi o‘yin oldidan APLdagi raqobat haqida fikr bildirdi.
«Germaniyada ishlab yurganimda meni Angliyada ishlay olmaydi, Chempionshipda ham qiynaladi, deyishardi.
Keyin Klopp ikkalamiz u yerni o‘zgartirdik, bir necha yil 90+ ochko olish mumkin ekanini ko‘rsatdik.
Ammo hozir liga eski holiga qaytmoqda. Har qanday jamoa har kimni yutishi mumkin. Yaqqol favorit yo‘q», – dedi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» – «Liverpul» uchrashuvi 9 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30’da start oladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
