«Bryugge» bosh murabbiyi «Barselona» bilan 3:3 hisobidagi durangdan so‘ng nimalar dedi?
UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqich 4-turidan o‘rin olgan o‘yinda «Bryugge» o‘z maydonida Kataloniyaning «Barselona» klubi bilan 3:3 hisobida durang qayd etdi. Belgiya jamoasi ustozi Niki Xayen ushbu natija haqida fikr bildirdi.
«Biz bu o‘yinda ochko olishni maqsad qilgan edik. Jamoa bo‘sh zonalarni topdi va ulardan muvaffaqiyatli foydalandi. «Barselona»ga uchta gol urdik, bunday natijadan mamnunmiz,» – deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Belgiya jamoasi Chempionlar ligasi umumiy bosqichida o‘tkazilgan 4 ta o‘yindan so‘ng 4 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 22-o‘rinni egallab turibdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
