Sanchoga da’vogarlar nomi aytildi – futbolchi Angliyani tark etishi mumkin

«Aston Villa» safida ijara asosida to‘p tepayotgan «Manchester Yunayted» vingeri Jeydon Sancho kelasi yili xorij chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

«Qizil iblislar» 25 yoshli futbolchiga umid qilmayapti, bu haqda turli manbalar bir necha bor xabar bergan. «Aston Villa» ham uning ijaradagi muvaffaqiyatsiz o‘yinini inobatga olgan holda sotib olishga qiziqish bildirmaydi. Jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, vaziyatni Italiyaning «Yuventus» va «Roma» klublari hamda MLS vakillari diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Jeydon Sancho o‘tgan yozda A Seriyaga o‘tishi mumkin edi. Inglizga o‘shanda ham «Yuventus» va «Roma» qiziqish bildirgan, biroq ikkala italyan klubi ham bitimning moliyaviy shartlarini noqulay deb topgan. 2026 yilning yozida futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish osonroq bo‘ladi – katta ehtimol bilan u erkin agentga aylanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter