«Bavariya»dan ketganidan so‘ng o‘ziga klub topa olmayotgan futbolchi Liga 1’ga ko‘chib o‘tishi mumkin
«Bavariya»ning sobiq himoyachisi Buna Sarr 4 noyabrdan boshlab «Mets» safida mashg‘ulot o‘tkazadi, deya xabar bermoqda L’Equipe.
Manbaga ko‘ra, agar 33 yoshli senegallik yetarli jismoniy tayyorgarlikni namoyish etsa, u bilan shartnoma imzolanishi mumkin. 2024 yilning 1 iyulidan boshlab futbolchi «Bavariya» bilan shartnomasi muddati tugaganidan keyin erkin agent hisoblanadi.
Sarr 2020-2024 yillarda «Bavariya»da o‘ynagan, 33 ta o‘yinda 1 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Himoyachi bungacha ham «Mets» sharafini himoya qilgan va 110 ta o‘yinda 8 ta gol urib, 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/