«Siti» – «Bornmut». Taxminiy tarkiblar bilan tanishing

Bugun Angliya Premyer-ligasi 10-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» – «Bornmut» uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Toshkent vaqti bilan 21:30’da boshlanadigan o‘yin taxminiy tarkiblari bilan tanishing:

Manchester Siti: Donnarumma, O’Rayli, Gvardiol, Diash, Abduqodir Husanov, Gonsales, Doku, Foden, Reynders, Silva, Xoland.

Bornmut: Petrovich, Tryuffer, Senesi, Diakite, Ximenes, Adams, Skott, Semenyo, Klyuyvert, Tavernyer, Krupi.

Pep Gvardiola matbuot anjumanida Erling Xoland bo‘lajak o‘yinga tayyor bo‘lishini ma’lum qildi. Rodri zaxiradan tushishi kutilmoqda. «Bornmut»da Evanilson mashg‘ulotlarga qaytdi.

To‘qqizinchi turda «Manchester Siti» «Aston Villa»ga yutqazdi (0:1), «Bornmut» «Nottingem Forest» ustidan g‘alaba qozondi (2:0).

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter