«MYU» iqtidorli yarim himoyachiga qiziqib qoldi

Fransiyaning «Lill» klubi xavbeki Ayub Buaddi faoliyatini tumanli «Albion»da davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda Caught Offside jurnalistlari.

Manbaga ko‘ra, 18 yoshli futbolchining transferiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» istiqbolli yarim himoyachining transferi bo‘yicha taklif bermoqchi.

Buaddining transfer narxi 30 million yevroga baholanmoqda. Futbolchining «Lill» bilan amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2027 yilning o‘rtalarida tugaydi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi 13 ta o‘yinda qatnashdi. Uning hisobida golli harakatlar yo‘q.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter