«Liverpul» – himoyalanish ko‘rsatkichi bo‘yicha APLda so‘nggi o‘rinda

«Liverpul» ketma-ket to‘rt o‘yinda mag‘lub bo‘lib, Premyer-liga turnir jadvalida yettinchi o‘ringa tushib ketdi.

«Qizillar»ning asosiy muammolaridan biri – himoyadagi ishonchsiz o‘yin, buni statistika ham tasdiqlaydi: Times Sport ta’kidlaganidek, mersisaydliklar o‘z darvozasi yaqinida 19 ta aniq golli vaziyatni (standartlardan tashqari) o‘tkazib yubordi – bu chempionatdagi «Byornli»dan (21) keyingi ikkinchi eng yomon ko‘rsatkichdir. Shunisi e’tiborga loyiqki, Arne Slot jamoasi yaratilgan aniq vaziyatlar bo‘yicha yetakchilardan biri – 21 (faqat «Manchester Siti»da ko‘proq – 23).

Bugun «Liverpul» o‘z maydonida o‘ninchi tur uchrashuvida «Aston Villa»ni qabul qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter